Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«MYu» yana g‘alaba qozondi
Angliya Premer-ligasining 19-turida «Manchester Yunayted» «Haddersfild Taun»ni qabul qildi. «Old Trafford»da kechgan uchrashuv maydon egalarining 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Maydon egalari safida Pol Pogba dubl qayd etdi, yana bir gol Nemanya Matich nomiga yozildi. Mehmonlar himoyachisi Matias Zank Yorgensen o‘yinning oxirgi daqiqalarida yagona javob golini urdi.
Shu tariqa, mankunianliklar Ole-Gunnar Sulsher bosh murabbiylikkka tayinlanganidan keyin ikkinchi uchrashuvda ham g‘alaba qozondi.
Bu g‘alaba evaziga «Manchester Yunayted» ochkolari sonini 32taga yetkazgan va Angliya Premer-ligasida oltinchi o‘rinni mustahkamlagan, «Haddersfild Taun» 10 ochko bilan – 20-o‘rinda joylashgan.
Angliya chempionati
19-tur
Manchester Yunayted – Haddersfild 3:1 (1:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 28 Matich, 2:0 – 64 Pogba, 3:0 – 78 Pogba, 3:1 – 88 Yorgensen.
Manchester Yunayted – De Xea, Lindelef, Shou, Diogu Dalot (Yang, 53), Djons, Fred (Errera, 53), Matich, Pogba, Mata (Gomes, 81), Lingard, Reshford.
Haddersfild – Lessl, Shindler, Kongolo, Durm, Yorgensen, Kachunga (Leve, 57), Pritchard, Mbenza (Kvaner, 62), Billing, Xaderdjonay, Depuatr (Mune, 73).
Ogohlantirishlar: Kachunga (23), Fred (30).
Mavzuga oid
12:05 / 22.05.2025
«Tottenhem» finalda «MYu»dan ustun keldi va mavsumni qutqarib qoldi
15:13 / 21.05.2025
«MYu» yoki «Tottenhem»: ikkinchi darajali yevrokubok kimga ko‘proq kerak?
18:52 / 01.05.2025
«To‘rt og‘ayni botirlar». Yevropa ligasi yarimfinallari oldidan
11:41 / 18.04.2025