Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oila kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjatda 2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi ham bor.
Dasturga ko‘ra, “Oila kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi PQ–3808-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 8-bandida nazarda tutilgan.
Qonun loyihasi oila masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish va umumlashtirish asosida Oila kodeksining oilaviy huquqiy munosabatlarning javobgarlik mezonlarini aniqlash, alimentlarni belgilash, ajrashish vaqtida ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishga oid normalarini yanada takomillashtirishga qaratilgan.
Qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha mas'ul ijrochilar - Adliya vazirligi, Oliy sud, “Oila” markazi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz. Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati - 2019 yil sentabr, Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati - 2019 yil oktabr.
Mavzuga oid
12:21 / 17.03.2025
Shaxslarni o‘z roziligisiz foto va videoga olish taqiqlanishi mumkin. Adliya vazirligi qonun loyihasini muhokamaga chiqardi
19:08 / 12.03.2025
Qamoqqa olinmagan gumonlanuvchilarning O‘zbekistondan chet elga chiqishi vaqtincha cheklanishi mumkin
18:23 / 26.08.2024
Qiynoq oqibatidagi o‘lim holatlari uchun javobgarlik kuchaytiriladi
11:49 / 20.06.2024