Putinning Lukashenko bilan muzokaralar vaqtidagi xatti-harakati muhokamalarga sabab bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuvda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning o‘ziga xos xatti-harakati tasvirlangan video paydo bo‘ldi. Unda Putin o‘zi o‘tirgan kursining yon tomonini ushlab olgan.
2018 yil 16 iyul kuni Xelsinkida Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuv paytida ham shunga o‘xshash harakat kuzatilgandi.
obratite vnimaniye, kak putin derjitsya za stul
— Slava Sibiri (@g0vzman) July 16, 2018
ya tak jye vyglyaju, kogda u menya vertolety nachinayutsya pic.twitter.com/LjXPFmoqey
25 dekabr kuni Moskvadagi uchrashuvda Rossiya va Belarus prezidentlari «pozitsiyalarni yaqinlashtirishga» kelishib oldilar. Biroq, ular yangi yilga qadar Putinning «muammolar mohiyatini chuqurroq o‘rganish» istagi tufayli yana bir bor uchrashuv o‘tkazadi, deb xabar bermoqda BelTA agentligi Belarus prezidenti matbuot kotibi Natalya Eysmontga tayangan holda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti «yechim topish uchun muammolar mohiyatini yanada chuqurroq o‘rganishni» xohlaydi.
Yangi uchrashuv sanasi ikki prezidentning jadvali bo‘yicha kelishiladi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Lukashenko o‘z yig‘ilishida amaldor tomonidan yozib olingan «Pul kam, mersedeslar yo‘q» so‘zlariga izoh bergandi.
Mavzuga oid
23:47 / 23.11.2024
Lukashenko polshalik qochoq sudyaga boshpana taqdim etdi
17:53 / 23.11.2024
AQSh razvedkasi Putinning xorijdagi muxoliflari o‘ldirilishiga oid maxfiy hujjatlarni qisman ochiqladi
16:33 / 23.11.2024
Merkel: Menda hech qachon Putin bo‘yicha illyuziyalar bo‘lmagan
12:21 / 23.11.2024