Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tabiiy monopoliya sohalari ro‘yxati keskin qayta ko‘rib chiqiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjatda 2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi ham bor.
Dasturga ko‘ra, yangi tahrirda “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Qonun loyihasi:
- davlat tomonidan tartibga solinadigan faoliyat sohalarini qisqartirish maqsadida tabiiy monopoliya sohalari ro‘yxatini keskin qayta ko‘rib chiqish;
- monopoliyaga qarshi kurashish mexanizmini takomillashtirish;
- monopolist korxonalar bilan birga bir xilda tabiiy monopoliya sub'yektlariga nisbatan tegishli choralarni ko‘rish;
- intellektual mulk huquqlarini va monopoliyaga qarshi faoliyat huquqlarining muvozanatini ta'minlash;
- axborot tizimlari bozorini tartibga solish xususiyatlarini nazarda tutadi.
Qonun loyihasini qabul qilish tabiiy monopoliyalar sohasida tartibga solishni kuchaytirish, qonun buzilish holati uchun tabiiy monopoliya sub'yektlarining javobgarligini oshirish, shuningdek axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida raqobatni tartibga solishni ta'minlash imkonini beradi.
Qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha mas'ul ijrochilar - Davlat raqobat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Intellektual mulk agentligi.
Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati - 2019 yil noyabr, Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati - 2019 yil dekabr.
Mavzuga oid
12:21 / 17.03.2025
Shaxslarni o‘z roziligisiz foto va videoga olish taqiqlanishi mumkin. Adliya vazirligi qonun loyihasini muhokamaga chiqardi
19:08 / 12.03.2025
Qamoqqa olinmagan gumonlanuvchilarning O‘zbekistondan chet elga chiqishi vaqtincha cheklanishi mumkin
18:23 / 26.08.2024
Qiynoq oqibatidagi o‘lim holatlari uchun javobgarlik kuchaytiriladi
11:49 / 20.06.2024