Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Toshkent – Urganch» poyezdi Xivaga qadar uzaytirildi
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tezyurar 56-sonli «Toshkent – Urganch» yo‘lovchi poyezdini Xiva shahriga qadar uzaytirdi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar bergan.
Qatnovlar haftaning seshanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari Toshkent janubiy vokzalidan amalga oshiriladi.
Poyezdning kelish va ketish vaqti quyidagicha:
56-sonli «Toshkent - Urganch - Xiva» yo‘lovchi poyezdi
Ketish – «Toshkent-Janubiy» vokzalidan soat 20:30
Yetib borish – Urganch vokzali soat 11:24
Ketish – Urganch vokzali soat 11:35
Yetib borish – Xiva vokzali soat 12:05
55-sonli «Xiva - Urganch - Toshkent» yo‘lovchi poyezdi
Ketish – «Xiva» vokzalidan soat 13:45
Yetib kelish – Urganch vokzali soat 14:15
Ketish – Urganch vokzali soat 15:25
Yetib kelish – «Toshkent-Janubiy» vokzali soat 06:58
Mavzuga oid
20:30 / 20.05.2025
Xivadagi Dishan qal’a qayta tiklanadi
14:08 / 02.05.2025
Xivadagi davlat tashkilotlari shahar chekkasiga ko‘chiriladi
22:15 / 01.05.2025
Xivada zamonaviy turizm majmuasi - «Arda Xiva» ochildi
20:54 / 01.05.2025