Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda ona va bola tabiiy gazdan zaharlanib vafot etdi
2018 yil 26 dekabrga o‘tar kechasi Namangan shahar “Haqiqat” MFYda yashagan G.M. (ayol) uyida o‘g‘li bilan birga gaz plitasini yoqib uxlab qolgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada gaz plitasi o‘chib yonishi oqibatida undan sizib chiqqan tabiiy gazdan ikki fuqaro ham zaharlangan va voqea joyida vafot etgan.
Surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda talaba tabiiy gazdan zaharlanib, voqea joyida vafot etgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi
11:02 / 23.05.2025