Jahon | 09:50 / 27.12.2018
21751
2 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Ukrainaning Kerch bo‘g‘ozi bo‘yicha rejalarini ma'lum qildi

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Ukraina Kerch bo‘g‘ozidan Azov dengizida joylashgan portlariga kema jo‘natish uchun foydalanishdan hech qachon voz kechmaydi. Bu haqda 26 dekabr, chorshanba kuni Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bayonot berdi, deb xabar qilmoqda UNIAN.

Ukraina yetakchisining tan olishicha, mamlakat ichidagi muxolifat «Kreml pozitsiyasini ma'lum qilib», 25 noyabr kuni Kerch bo‘g‘ozida yuz bergan hodisa uchun javobgarlikni Moskvadan olib tashlab, Kiyevning bo‘yniga qo‘yishga urinayotganini eshitganda haqiqiy shokka tushadi.

«Aniq va qat'iy ta'kidlayman: Ukraina hech qachon Azov dengizidagi o‘z portlaridan, jumladan, harbiy kemalardan foydalanishdan voz kechmaydi. Haqiqat bizning tomonimizda, shu jumladan, xalqaro huquq ham. Jahon bizni qo‘llab-quvvatlamoqda. Biz buning uchun barcha siyosiy-diplomatik vositalardan foydalanamiz», - deya aytib o‘tdi davlat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina bosh prokurori Kerchdagi hodisa Rossiya bosqinining uchinchi to‘lqini ekanini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid