Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda to‘rt kishi qo‘lga olindi. Ular Yunusoboddagi uydan 17 ming dollar o‘g‘irlab ketgan
Shu yil 13 dekabr kuni noma'lum shaxs Toshkent shahrining Yunusobod tumani A.Donish ko‘chasida yashovchi M.Sh. (ayol)ning uyiga kalit tanlash yo‘li bilan kirib, xonasidan 17 ming AQSh dollari va oshxonasidan televizor tyunerini o‘g‘irlab ketgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Olmazor tumani Sag‘bon ko‘chasida yashovchi I.M., Qo‘rg‘ontepa ko‘chasida yashovchi B.M., va A.H. hamda Namangan viloyati Pop tumani Yakkatut mahallasida yashovchi Z.Z. sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.
Tergov davom etmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
22:06 / 13.05.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri avtomobillar harakati uchun 2 kunga yopiladi
09:41 / 05.05.2025
«Yunusobod» bozorining bir qismida rekonstruksiya ishlari boshlandi
07:30 / 21.04.2025
Toshkentda ilk jamoatchilik yashil parki ochiladi
20:04 / 18.04.2025