Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vologdada o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi
Vologda shahri Babayev tumanidagi ishlab chiqarish bazasida ishlagan O‘zbekiston fuqarosi arralash dastgohi bosh qismini kesib tashlagani tufayli halok bo‘ldi. Erkak kishi voqea joyining o‘zida hayotdan ko‘z yumgan.
Rossiya Ichki ishlar vazirligi Babayev IIBning «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida xabar berilishicha, voqea haqida xabar 25 dekabr, seshanba kuni soat 14:00da kelib tushgan.
«Nikolskoye qishlog‘i orqasida joylashgan ishlab chiqarish bazasida ro‘y bergan voqea joyiga borilganda, O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi. Uning bosh qismi kesib tashlangan holda bo‘lgan, - deydi Rossiya Tergov qo‘mitasining Vologda oblasti bo‘yicha boshqarmasi Ustyujyensk tumanlararo tergov bo‘limi katta tergovchisi Olga Klyunina. - Guvohlar so‘zlariga ko‘ra, jabrlanuvchining mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etmagani va shaxsiy beparvoligi baxtsiz hodisaga sabab bo‘lgan».
Ish beruvchi xorijlik, yakka tartibdagi tadbirkorni jinoiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masala baxtsiz hodisa yuzasidan komissiya tekshiruvidan so‘ng hal qilinadi.
Mavzuga oid
23:26 / 19.05.2025
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
18:19 / 09.05.2025
Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
11:05 / 07.05.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi
19:21 / 01.05.2025