Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyalik kurdlar Turkiyadan himoya qilishni so‘rab Damashqqa murojaat bilan chiqishdi
"Xalq mudofaasi kuchlari" otryadi (XMK) Damashqqa XMK egallab turgan hududlar ustidan nazorat o‘rnatishni taklif qildi.
"Biz hukumat qo‘shinlariga bizning kuchlarimiz tark etayotgan hududlar, jumladan Manbij ustidan nazorat o‘rnatishni va bu hududlarni Turkiya bosqinidan himoya qilishni taklif qilamiz", deyiladi kurdlar bayonotida.
Shuningdek, bayonotda aytilishicha, XMK bor kuchini Frot shimolidagi IShID terrorchi guruhiga qarshi kurashga safarbar qilishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyadan Amerika qo‘shinlari olib chiqib ketilishini ma'lum qilgandi. Shundan so‘ng Turkiya Suriya shimolida XMKga qarshi yangi harbiy operatsiya o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini faollashtirdi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
16:19 / 24.05.2025