Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Gvatemala, Gonduras va Salvadorga yordam to‘xtatilishini e'lon qildi
AQSh Gvatemala, Gonduras va Salvadorga yordam ko‘rsatmaydi, chunki bu davlatlar Vashington uchun, jumladan muhojirlar bilan bog‘liq vaziyatda, “hech narsa qilmayaptilar”. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp aytib o‘tdi.
“Aytishlaricha, Gondurasda yangi muhojirlar karvoni yig‘ilmoqda, ular esa bunga qarshi hech narsa qilmayaptilar. Biz uzoq yillardan beri AQShdan foydalanayotgan bu uchta davlatga yordamni to‘xtatamiz”, deb yozgan Tramp.
Tramp avvalroq amerikalik qonun chiqaruvchilarga ultimatum e'lon qilib, agar Meksika bilan devor qurishga pul ajratmasalar, janubiy chegarani yopish bilan tahdid qilgan. Chegarada devor qurilishi bo‘yicha bahslar AQSh kongressi vaqtinchalik byudjyetni qabul qilmagani va hukumat ishining vaqtinchalik to‘xtashiga olib kelgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025