Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misr piramidalari yaqinidagi portlash oqibatida sayyohlar halok bo‘ldi
Misr poytaxti Qohira yaqinida sayyohlar avtobusi yaqinida portlash sodir etildi. Buning oqibatida 3 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 11 kishi jarohatlandi.
Ma'lum qilinishicha, voqea Gizadagi ehromlar yaqinida yuz bergan. Avtobusda vetnamliklar bo‘lgan. Shuningdek, ekskursovod va misrlik haydovchi ham yaralangan.
Sky News Arabiya xabariga ko‘ra, avtobus harakatlanayotgan vaqtda yo‘l chetiga yashirilgan qo‘lbola bomba harakatga keltirilgan.
Ayni vaqtda hech qaysi terrorchilik tashkiloti ushbu terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
20:56 / 11.05.2025
“Buning oxiri bormi?” – kofrunliklar o‘z holiga tashlab qo‘yilganidan xavotirda
20:05 / 05.05.2025
Xitoyda kuchli shamol sayyohlik kemalarini ag‘darib yubordi. 10 kishi halok bo‘ldi
21:01 / 01.05.2025