AQShda yirik gazetalarning chop etilishi kiberhujum sababli to‘xtab qoldi

Foto: EPA-EFE/DAVID CHANG
Los-Anjyelesdagi bosmaxona ishi uning kompyuter tizimiga virus tushishi oqibatida izdan chiqdi. Shu sababli bir necha yirik gazetalarning chop etilishi to‘xtab qoldi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, 29 dekabrda hamma obunachilarga ham gazetalarning navbatdagi soni yetib bormagan. Bu gazetalar orasida The Wall Street Journal, The New York Times, Los Angeles Times va The San Diego Union-Tribune bor. Shuningdek, 30 dekabrda ham gazetalar hammaga yetkazib berilmasligi mumkin.
Bosmaxona Los Angeles Times nashriga tegishli bo‘lib, uning saytida gap “zararli dastur vositasida hujum qilingani” haqida borayotgani ma'lum qilingan. Ushbu muammo 28 dekabrda aniqlangan, biroq texnik mutaxassislar uni bartaraf etish ustida hali ham ishlashmoqda va bunga yana bir kun talab etilishi mumkin.
Mavzuga oid

21:37 / 08.05.2025
Britaniya birinchi bo‘lib AQSh bilan «savdo bitimi» tuzdi

21:34 / 08.05.2025
Moskva va Vashington Rossiya gazini Yevropaga yetkazib berishni tiklash variantini muhokama qilmoqda

19:54 / 08.05.2025
AQShda salkam 50 yil oldin sodir etilgan qotillik tamaki qutisidagi barmoq izlari orqali fosh qilindi

18:00 / 08.05.2025