Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gannover aeroporti noma'lum shaxsning avtomobilda bostirib kirishi sababli vaqtincha ishlamadi
Germaniyadagi Gannover aeroporti noma'lum shaxsning avtomobilda bostirib kirishga urinishi sababli parvozlarni vaqtincha to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Bu haqda shahar politsiyasining Twitter sahifasida xabar qilindi.
Xabarda aytilishicha, noma'lum erkak avtomobilda katta tezlikda kelib shlagbaumga urilgan va uchish-qo‘nish yo‘lagiga kirishga uringan. U qo‘riqlash xizmati tomonidan to‘xtatib qolingan va qo‘lga olingan. Oqibatda aeroport ishi vaqtincha to‘xtatilgan.
20 dekabrda Shtutgart aeroportida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan hamda boshqa aeroportlar ham shubhali shaxslar tomonidan tahdid bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirilgandi. Qayd etilishicha, bir necha nafar shaxs aeroport va unga yondosh binolarni «muntazam ravishda kuzatishgan».
Mavzuga oid
18:21 / 18.05.2025
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»
10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi
14:19 / 01.05.2025
Urganch aeroporti Koreyaning Inchon aeroporti bilan sheriklikda boshqariladi
17:32 / 29.04.2025