O‘zbekiston | 00:00 / 30.12.2018
245109
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklar yangi yilda necha kun dam olishadi?

Foto: Dreamstime

Prezident Farmoniga binoan, O‘zbekistonliklar uchun quyidagi kunlar dam olish sifatida belgilandi.

Haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar (5 kun ketma-ket) dam olish kuni hisoblanadi:

30 dekabr – yakshanba;
31 dekabr – dushanba (29 dekabrdan ko‘chirilgan dam olish kuni);
1 yanvar – seshanba (Yangi yil bayrami);
2 yanvar – chorshanba (qo‘shimcha dam olish kuni);
3 yanvar – payshanba (5 yanvardan ko‘chirilgan dam olish kuni).

Izoh: 5 yanvar – shanba kuni haftasiga 5 kun ishlovchilar uchun rasman ish kuni bo‘ladi.

Haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar (2 kun ketma-ket) dam olish kuni hisoblanadi:

30 dekabr – yakshanba;
1 yanvar – seshanba (yangi yil bayrami);
2 yanvar – chorshanba (qo‘shimcha dam olish kuni).

ESLATMA: 31 dekabr - dushanba kuni 6 kun ishlovchi xodimlar uchun ish kuni hisoblanadi. Shuningdek, 3 yanvar - payshanba kuni ham 6 kun ishlovchi xodimlar ishga chiqishlari kerak.

Mavzuga oid