Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIV: Magnitogorskdagi fojia oqibatida qurbon bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q
O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, Magnitogorsk shahrida turar-joy binosi qulashi natijasida qurbon bo‘lganlar orasida 2019 yilning 1 yanvar kuni ertalab holatida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q.
TIV xabarida aytilishicha, 31 dekabr ertalab sodir bo‘lgan Magnitogorsk fojiasi bo‘yicha vaziyatni Bosh konsulxona jiddiy nazoratga olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Magnitogorskda halok bo‘lganlar soni ortgani xabar berilgandi.
Magnitogorskdagi uyda gaz portlashi va shundan so‘ng yo‘lakning qulashi oqibatida halok bo‘lgan yana ikki kishining jasadi vayronalar ostidan chiqarib olindi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
«Magnitogorskda yana ikki kishining jasadi chiqarib olindi. Hozirda halok bo‘lganlarning soni yetti nafarni tashkil etadi», - deya ma'lum qilishgan Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatidan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
20:56 / 11.05.2025
“Buning oxiri bormi?” – kofrunliklar o‘z holiga tashlab qo‘yilganidan xavotirda
21:01 / 01.05.2025
Germaniya shimolidagi portda portlash sodir bo‘ldi
15:26 / 25.04.2025