O‘zbekiston | 18:09 / 02.01.2019
9118
1 daqiqa o‘qiladi

Jumaxon G‘iyosov ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroqo‘mi direktoriga aylandi

Foto: Avesta.Tj

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlari kengashining qaroriga binoan, 2019 yil 1 yanvardan boshlab Tojikiston Respublikasi vakili Jumaxon G‘iyosov Toshkent shahrida joylashgan ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori hisoblanadi.

TIV xabariga ko‘ra, 2017-2018 yillarda u ShHT MATT Ijroqo‘mi direktori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, undan avvalroq Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasida va Diniy ishlar qo‘mitasida rahbarlik lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

2016-2018 yillarda Rossiya Federatsiyasi vakili Yevgeniy Sisoyev ShHT MATT Ijroqo‘mi direktori bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Vladimir Norov ShHT bosh kotibi lavozimini bajarishga kirishgandi.

Mavzuga oid