AQShda dunyodagi eng katta baliq videoga olindi
AQShning Florida shtati Fort-Pirs hududida baliq ovlash qayig‘i yonida uzunligi taxminan olti metr bo‘lgan kit akulasi bir muddat davomida suzib yurdi, ekipaj esa dengiz jonivorini uyali telefonlarga tasvirga tushirdi. Bu haqda Fox4now xabar bermoqda.
Kit akulasi (Rhíncodon týpus) dunyodagi eng katta baliq hisoblanadi. U ancha xavfsiz bo‘lib, planktonlar bilan oziqlanadi.
«Men kit akulasi haqida eshitdim, ammo buni hazil sifatida qabul qildim, - deydi mahalliy kapitan Alek Ludakis. - 31 yil davomida men ularni uch marta sohilimiz yaqinida ko‘rganman, bu juda kam uchraydigan hodisa».
Have you ever seen a whale shark? Here's your chance. A rare whale shark was spotted off the Florida coast over the weekend.
— news10nbc (@news10nbc) January 2, 2019
Courtesy: Fort Pierce Lady (WPTV/UGC) pic.twitter.com/hBilpTmEEj
Mavzuga oid
20:53 / 11.10.2024
“Orlando va u yerdagi o‘zbeklar “Milton” to‘fonidan jabr ko‘rmadi” - Sohib Abbosxon
12:05 / 11.10.2024
«Milton» to‘foni: 16 qurbon, Floridani suv bosdi, 3 mln uy elektrsiz qoldi
08:48 / 11.10.2024
Floridadagi to‘fon bir milliondan ortiq uyni energiyasiz qoldirdi
21:48 / 10.10.2024