Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomashinani tegishli hujjatlarsiz boshqargan kollej o‘quvchisi ichki ishlar xodimini urib yubordi
Shu yilning 2 yanvar kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanida yashovchi, Agrotadbirkor kasb-hunar kolleji yuqori kurs o‘quvchisi Sh.A. tegishli hujjatlarsiz “Spark” rusumli avtomashinani Ulug‘-yo‘l ko‘chasida haydab, piyoda ketayotgan viloyat ichki ishlar xodimini urib yuborgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada xodim “bosh miya ochiq jarohati va 2-3 darajali koma holati” tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
19:20 / 25.04.2025
Qibrayda ichimlik suvi quvuri ustidan ariq tortilmoqda
13:40 / 28.03.2025
Qibrayda 1 mlrd so‘mlik tibbiyot buyumlari ashyoviy dalil sifatida olindi
10:11 / 25.03.2025
Qibrayda Onix, Spark va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
09:37 / 12.03.2025