Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jinoyatchilar yonayotgan yuk mashinalari yordamida inkassatorlik mashinasiga hujum qilishdi
Italiya janubida qurollangan jinoyatchilar inkassatorlik mashinasiga hujum qilib, undan millionlab yevro o‘g‘irlab ketishdi. Bu haqda The Local nashri xabar berdi.
Bari shahri yaqinida jinoyatchilar ikkita yonayotgan yuk mashinasida pensiya pulini olib ketayotgan zirhli furgonning yo‘lini to‘sishgan. Avtomobil to‘xtaganda, jinoyatchilar uning tomini ekskavatorlar kovshi bilan kesib ochishgan. Niqobdagi o‘g‘rilar inkassatorlarni avtomatlardan o‘q uzib qo‘rqitib, mashinadan 2,3 mln yevroni olib, ikkita yengil avtomobilda g‘oyib bo‘lishgan.
Ta'kidlanishicha, hujum oqibatida inkassatorlar jabrlanmagan. Politsiya voqea yuz bergan joyni ko‘zdan kechirishi va yo‘ldan yonayotgan mashinalar olib tashlanishi uchun shosse bo‘ylab harakat bir necha soatga to‘xtatilgan.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi
19:56 / 13.05.2025