Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Turkiya foydali qazilmalarni qidirish bilan shug‘ullanadigan ikkinchi mamlakatga aylanadi
Turkiya O‘zbekistonda metall foydali qazilmalar konini qidirish bo‘yicha yakuniy kelishuv imzolashni mo‘ljallamoqda. Bu haqda Daily Sabah mamlakat energetika va tabiiy resurslar vaziri o‘rinbosari Mitxat Kanzizga asosan xabar beryapti.
O‘zbekiston Sudandan keyin Turkiya foydali qazilmalarni qidirish bilan shug‘ullanuvchi ikkinchi davlatga aylanadi, deya ta'kidlab o‘tgan Kanziz. Buni Mineral tadqiqotlar va qidirish Bosh boshqarmasining sho‘'ba korxonasi amalga oshiradi.
«Biz O‘zbekiston bilan yakuniy kelishuvni imzolash niyatidamiz. U 700 kv. km.lik maydonga ega hudud va ikkita litsenziyani o‘z ichiga oladi», - deya aniqlik kiritdi u.
Turkiya Sudanda ikkita oltin konini qidirish uchun filial tashkil etdi. Kompaniya uch yillik tadqiqot o‘tkazadi, so‘ng maydoni 325 kv. km. bo‘lgan ikki lisenzion hududda tijorat faoliyatini boshlaydi.
«Biz Afrika va O‘rta Osiyodan boshlayapmiz, ammo Venesuela singari mamlakatlar bilan davom ettirmoqchimiz», - dedi Kanziz.
Uning bildirishicha, ushbu mamlakatlardagi faoliyat davlat-xususiy sheriklik yoki hukumat tadbirlari doirasida amalga oshirilishi mumkin.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025