Jahon | 00:49 / 05.01.2019
11850
1 daqiqa o‘qiladi

Nepalda fillar o‘rtasida go‘zallik tanlovi bo‘lib o‘tdi

Foto: News.cn

Nepalda fillarga bag‘ishlangan 15-festival doirasida ushbu jonzotlar o‘rtasida go‘zallik tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlov Chitvan tumanida joylashgan va ommaviy sayyohlik yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan Sauraxa qishlog‘ida o‘tgan.

Foto: News.cn

Tanlovda 18 yoshli Bijulikali laqabli fil g‘olib bo‘lgan.

Chitvan Himoloyda joylashgan va Nepaldagi eng ommaviy sayyohlik yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Unda milliy bog‘ joylashgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid