O‘zbekiston | 20:41 / 05.01.2019
20540
3 daqiqa o‘qiladi

Yuzdan ortiq davlatlar fuqarolari O‘zbekistonda uy sotib olish va yashash huquqini olishlari mumkin

109 davlat fuqarolari O‘zbekistonda uy sotib olish va yashash huquqiga ega bo‘lishlari mumkin. Bu O‘zbekiston prezidentining O‘zbekistonda turizmni jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmoni ko‘zda tutilmoqda.

Farmonda aytilishicha, O‘zbekistonda yashash huquqi:

Toshkent viloyati va Toshkent shahrida – qiymati 400 ming, Samarqand, Buxoro, Namangan, Andijon, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida – qiymati 200 ming, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda – qiymati 100 ming AQSh dollaridan kam bo‘lmagan ko‘chmas mulk sotib olgan xorij fuqarolariga beriladi.

Farmonda berilgan ilovadagi ro‘yxatdan quyidagi davlatlar o‘rin olgan:

1. Avstraliya Ittifoqi

2. Avstriya Respublikasi

3. Ozarboyjon Respublikasi

4. Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi

5. Antigua va Barbuda

6. Misr Arab Respublikasi  

7. Argentina Respublikasi

8. Barbados

9. Beliz

10. Venesuela Bolivar Respublikasi  

11. Vatikan

12. Lyuksemburg Buyuk Gertsogligi

13. Vengriya

14. Urugvay Sharqiy Respublikasi  

15. Bruney-Dorussalom davlati

16. Isroil davlati

17. Grenada

18. Gretsiya Respublikasi

19. Gruziya

20. Shri-Lanka Sotsialistik Demokratik Respublikasi

21. Dominika Respublikasi

22. Irlandiya

23. Islandiya

24. Italiya Respublikasi

25. Kanada

26. Qirg‘iziston Respublikasi

27. Xitoy Xalq Respublikasi

28. Andorra Knyazligi

29. Lixtenshteyn Knyazligi

30. Monako Knyazligi

31. Gayana Kooperativ Respublikasi

32. Belgiya Qirolligi

33. Butan Qirolligi

34. Daniya Qirolligi

35. Ispaniya Qirolligi

36. Marokash Qirolligi

37. Niderlandiya Qirolligi

38. Norvegiya Qirolligi

39. Tailand Qirolligi

40. Shvetsiya Qirolligi

41. Latviya Respublikasi

42. Livan Respublikasi

43. Litva Respublikasi

44. Malayziya

45. Maldiv Respublikasi

46. Meksika Qo‘shma Shtatlari

47. Mongoliya

48. Yangi Zelandiya

49. Birlashgan Arab Amirliklari

50. Portugaliya Respublikasi

51. Albaniya Respublikasi

52. Bolgariya Respublikasi

53. Bosniya va Gertsegovina Respublikasi

54. Belarus Respublikasi

55. Gvatemala Respublikasi

56. Gonduras Respublikasi

57. Hindiston Respublikasi  

58. Indoneziya Respublikasi

59. Qozog‘iston Respublikasi

60. Kipr Respublikasi

61. Kolumbiya Respublikasi

62. Koreya Respublikasi

63. Kosta-Rika Respublikasi

64. Mavrikiy Respublikasi

65. Makedoniya Respublikasi

66. Malta Respublikasi

67. Moldova Respublikasi

68. Nauru Respublikasi

69. Palau Respublikasi

70. Panama Respublikasi

71. Peru Respublikasi

72. Polsha Respublikasi

73. San-Marino Respublikasi

74. Seyshel Orollari Respublikasi

75. Serbiya Respublikasi

76. Singapur Respublikasi

77. Sloveniya Respublikasi

78. Surinam Respublikasi

79. Tojikiston Respublikasi

80. Trinidad va Tobago Respublikasi

81. Fiji Respublikasi

82. Filippin Respublikasi

83. Xorvatiya Respublikasi

84. Chili Respublikasi

85. Ekvador Respublikasi

86. Rossiya Federatsiyasi

87. Ruminiya

88. Sent-Vinsent va Grenada

89. Sent-Lyusiya

90. Slovakiya Respublikasi

91. Bagam Orollari Hamdo‘stligi

92. Dominika Hamdo‘stligi

93. Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi

94. Amerika Qo‘shma Shtatlari

95. Vetnam Sotsialistik Respublikasi

96. Tunis Respublikasi

97. Turkiya Respublikasi

98. Ukraina

99. Braziliya Federativ Respublikasi

100. Germaniya Federativ Respublikasi

101. Sent-Kits va Nevis Federatsiyasi

102. Finlyandiya Respublikasi

103. Fransiya Respublikasi

104. Chernogoriya

105. Chexiya Respublikasi

106. Shveytsariya Konfederatsiyasi

107. Estoniya Respublikasi

108. Yamayka

109. Yaponiya

Mavzuga oid