Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ilk qadam»: Ota-onalar va MTM tarbiyachilari uchun birinchi medialoyiha amalga oshirilmoqda
O‘zbekistonda Maktabgacha ta'lim vazirligi (MTV) tashabbusi ostida ota-onalar hamda tarbiyachilarga yordam tariqasida «Ilk qadam» nomli birinchi medialoyiha amalga oshirildi. U 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning rivojlanishi, tarbiyasi va psixologiyasiga oid ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi. Barcha maqolalar ekspertlar maslahatlari bilan birga taqdim qilingan, deyiladi MTV matbuot xizmatida.
«Ilk qadam» jurnali ikki - o‘zbek va rus tillarida, yagona birlashtirilgan versiyada nashrdan chiqmoqda. Uning adadi - 20 ming nusxa.
Jurnalning ilk sonida taniqli boks yulduzi Konstantin Tszyu, Maktabgacha ta'lim vazirligi rahbari Agrippina Shin va Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov bilan intervyularni o‘qish mumkin.
«Ilk qadam» bolaning erta rivojlanish bosqichidagi barcha jihatlar, maktabgacha ta'limning yangi usullari va sohaning huquqiy islohotlari haqidagi ma'lumotlar targ‘iboti uchun o‘ziga xos vositadir.
Mavzuga oid
15:26 / 04.10.2023
“Farzandim uchun hamma narsani o‘rganishga tayyorman” – nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun medialoyihadan reportaj
21:54 / 21.07.2020
Nima uchun bolalarni bog‘chaga joylashtirish uchun arizalar qabul qilinmayotganiga izoh berildi
17:00 / 18.03.2020
MTT xodimlari karantin tufayli mehnat ta'tiliga chiqishadi - Vazir
17:09 / 26.07.2019