Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mehmonxonalarda transport xizmatlarini ko‘rsatish tartibi soddalashtiriladi
Mehmonxonalarda sayyohlar uchun transport xizmatlarini ko‘rsatish tartibi soddalashtiriladi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Axborot-tahlil markazi prezidentning yangi qaroriga asoslanib, Kun.uz'ga shu haqida xabar berdi.
Yulduzli toifadagi mehmonxonalarning aksariyatida transport xizmatlari ko‘rsatiladi: aeroport, temiryo‘l/avtovokzaldan mehmonxonagacha va aksincha, shu bilan birga, turistik obektlarga. Ilgari bunday transport xizmatlarini ko‘rsatish uchun mehmonxonalardan litsenziya olish talab qilinar edi, endi bunday talab bekor qilinadi.
Shuningdek, aholi va xorijiy fuqarolarga shaharlararo tashuvlarni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya asosida mamlakat ichida nomuntazam yo‘nalishlar bo‘yicha avtobus yoki mikroavtobuslarda transport xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub'yektlari faoliyati ham soddalashtiriladi. Ularga shahar va uning atrofi bo‘ylab tashuvlarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha litsenziya olish talabi bekor qilinadi.
Bundan tashqari, bir mehmonxonaga qarashli har bir savdo nuqtasi uchun alkogol mahsulotlarni sotishga alohida ruxsat beruvchi hujjat talab qilinar edi. Yangi qaror bilan mazkur talab ham bekor qilinadi. Endi mehmonxona bir martalik ruxsat guvohnomasi asosida alkogol mahsulotlar sotuvlarini amalga oshiruvchi bar, mini-bar, kafe, restoranlar faoliyatini yo‘lga qo‘yishi mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
12:13 / 21.05.2025
O‘zbekistonliklar uchun viza olishni osonlashtirish bo‘yicha AQSh bilan muzokara o‘tkaziladi
16:40 / 14.05.2025
Haj va Umra ziyoratlarini noqonuniy tashkil etishga uringan sayyohlik firmalari aniqlandi
17:42 / 12.05.2025