Sport | 09:00 / 07.01.2019
3960
2 daqiqa o‘qiladi

Suriya Falastinni yenga olmadi. B guruhida Iordaniya peshqadam

Birlashgan Arab Amirliklarida boshlangan futbol bo‘yicha XXVII Osiyo kubogining «B» guruhi 1-turidan o‘rin olgan Suriya – Falastin uchrashuvida hisob ochilmadi.

Bu durang natija tufayli birinchi turda Avstraliyani sensatsion ravishda mag‘lubiyatga uchratgan Iordaniya guruh yetakchisiga aylandi.

Keyingi turda, 11 yanvar kuni Avstraliya Falastin bilan, Suriya esa Iordaniya bilan o‘ynaydi.

Osiyo Kubogi
B guruhi, 1-tur
6 yanvar
Suriya – Falastin 0:0
 (0:0, 0:0)
Suriya – Ibrohim Alma, Jihod Al-Baur, Muayad Al-Ajan (s), Ahmad As-Solih, Tamir Hoj Muhammad (Ashkar, 81), Fahad Yusuf, Muhd Zohir Al-Midoniy (Usmon, 73), Abdulmalik Al-Anizon, Usoma Umariy (Xalfa, 41), Umar As-Soma, Umar Xarbin.
Falastin – Rami Hamada, Musab Al-Battat, Abdullatif Al-Bahdoriy (s), Abdulloh Jobir, Sami Mar'aba, Muhammad Solih, Jonatan Kantillana (Shaban, 76), Tamir Sayyom, Pablo Tamburrini (Norambuena, 64), Muhammad Darvish, Pinto (Vadi, 82).
Ogohlantirishlar: Jonatan Kantillana (5), Muhammad Solih (43), Musab Al-Battat (59), Tamir Hoj Muhammad (75), Ashkar (90).
Chetlatish: Muhammad Solih (69).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid