Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning uy-joy kommunal sohasini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi
Vazirlar Mahkamasining «Toshkent shahrining uy-joy kommunal infratuzilmasini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagilar Toshkent shahrining uy-joy kommunal sohasini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:
ko‘p kvartirali uy-joy fondini saqlash, undan foydalanish va ta'mirlash sohasidagi bozor mexanizmlarini, jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida bosqichma-bosqich joriy etish;
ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bozorining jozibadorligini oshirish, shuningdek, narx belgilashning raqobat mexanizmlariga o‘tish;
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimiga energiya tejaydigan texnologiyalar hamda uskunalarni joriy etish, shuningdek, uy-joy kommunal xo‘jalik obektlarini zamonaviy hisobga olish asboblari bilan jihozlash;
kommunal xizmatlar yagona billing tizimini yaratish va iste'molchining unifikatsiya qilingan shaxsiy hisobraqamini joriy etish;
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
13:31 / 29.04.2025