Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Suriyada harbiy operatsiya o‘tkazish uchun AQShdan ruxsat so‘ramasligini aytdi
Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Qalin Anqara Suriyada harbiy amaliyot o‘tkazish uchun Vashingtondan ruxsat so‘ramasligini ma'lum qildi.
Qalin shu bilan birga Turkiya operatsiya boshlanishi haqida AQShni xabardor qilishini qo‘shimcha qilgan.
“AQShda ularni ogohlantirmasdan operatsiyamizni boshlash noto‘g‘ri bo‘lishi haqidagi fikrlar aytildi. Biz xabardor qilish, birgalikda harakat qilishga doim tayyormiz, biroq hech kimdan ruxsat so‘ramaymiz”, deb aytgan Qalin.
Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vazirligida Anqaraga Suriyaning Frot daryosidan sharqdagi hududidan terrorchilarni siqib chiqarish bo‘yicha operatsiyani o‘tkazishiga hech kim xalaqit qila olmasligi aytilgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025