AQShning eng keksa odami hayotdan ko‘z yumdi

Foto: gerontology.wikia.com
AQShning Klivlend-Xayts shahrida (Ogayo shtati) 8 yanvarda AQShning eng keksa odami va ayoli Lessi Braun vafot etdi. Bu haqda cleveland.com portali ma'lum qildi.
Braunning vafot etganini uning qizi Verlin Uilson tasdiqlagan. Ayolning aytishicha, onasi mahalliy vaqt bilan soat 10.45da o‘z uyida hayotdan ko‘z yumgan. Avvalroq momoning nabirasi jurnalistlarga buvisining uzoq yashashi siri “shirin kartoshka va Yaratganga iymon” ekanini aytgan.
Ayol 1904 yil Atlantada tug‘ilgan, 18 yoshida Ogayoga ko‘chib o‘tib, turmush qurib, 5 farzand ko‘rgan.
Marhuma oilasining aytishicha, uning 50 dan ko‘proq zurriyoti bor. U 2018 yil may oyida 113 yoshida AQShning eng keksa odamiga aylangandi.
2018 yil dekabrida AQShning eng keksa erkagi va Ikkinchi jahon urushining eng keksa qatnashchisi Richard Overton 112 yoshida vafot etgandi.
Mavzuga oid

11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda

09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti

22:46 / 27.05.2025
Tramp AQSh oliygohlariga chet ellik barcha talabalar qabulini to‘xtatadi

21:38 / 27.05.2025