Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada yo‘qolgan qiruvchi samolyot falokatga uchragani ma'lum bo‘ldi
Fransiyaning Yura va Du departamentlaridagi qidiruv operatsiyasi davomida mamlakat harbiy-havo kuchlarining Mirage 2000D qiruvchi samolyoti bo‘laklari topildi. Samolyot 9 yanvar ertalab radarlar ekranidan yo‘qolib qolgandi.
France 3 telekanalining ma'lum qilishicha, samolyot ekipaji ikki a'zosining taqdiri noma'lumligicha qolmoqda. Taxmin qilinishicha, ulardan biri katapulta qilishga ulgurgan, chunki voqea joyida parashyut topilgan.
Fransiya mudofaa vazirligi samolyot falokatga uchraganini tasdiqlagan va u mamlakat sharqida mashg‘ulot parvozi vaqtida past balandlikda uchayotganda qulaganini qo‘shimcha qilgan.
Qidiruv operatsiyasi davom ettirilmoqda, voqea sabablari o‘rnatilmoqda.
Avvalroq Yura tog‘li hududi ustida Nansi-Oshe aviabazasidan chiqqan, 2 uchuvchi boshqargan Mirage 2000D samolyoti radarlardan g‘oyib bo‘lgani ma'lum qilingan. Guvohlarning aytishicha, samolyot havoda portlab ketgan.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025