Jamiyat | 18:10 / 09.01.2019
11855
4 daqiqa o‘qiladi

​Murg‘ak Azamatjon jarrohlik stoliga yotishi va yashab ketishi uchun ko‘mak zarur

Yosh bolaning kasal bo‘lishi, butun oilaga besaranjomlik keltiradi. Ko‘z oldingda katta bo‘layotgan jigarbanding og‘ir kasal bo‘lishi esa, bundan-da og‘ir holat.

Farg‘ona viloyati Quvasoy shaharchasi, «Oltin vodiy» mahallasida yashovchi ikki yarim yoshli Azamatjon Xolmatov yurak nuqsoni (yurak porogi) bilan dunyoga kelgan.

Bemor bola oilada uchinchi farzand. Bir akasi va opasi bor. Onasi E'tiborxon opa bolaning shu yoshgacha yurib ketmagani va tili chiqmagani haqida ko‘zida yosh bilan so‘zlaydi. Yurak porogi kasalligi bilan og‘riyotgan Azamatjon va onasi Quvasoydagi shifoxonaning kardiologiya bo‘limida juda ko‘p bor davolanishgan.

So‘ng Toshkentga borib tibbiyot muassasalarida ko‘rikdan o‘tishadi. Azamatjonni jarrohlik yo‘li bilan davolash mumkinligi ma'lum bo‘lgach, rosa quvondilar.

Tas-IX

YouTube

Hozir oilada faqat Azamatjonning otasi Xatamjon aka oyna ishlab chiqarish korxonasida ishlab, maosh oladi xolos. Onaning kuni bemor bola bilan o‘tadi, akasiga hali ish topilmayapti.

Faqat tibbiyotning oxirgi yutuqlari yordamida o‘tishi kutilayotgan jarrohlik operatsiyasi uchun 28 million so‘m atrofida pul kerak. Oilaning esa buncha mablag‘i yo‘q. Bola nozikligi uchun ko‘p kasal bo‘lmoqda. Har oyda uning dori-darmoniga ham juda ko‘p mablag‘ ketadi.

«Hokimimizga chiqdik, turli mutasaddilarga murojaat qildik, foydasi bo‘lmadi. Hokimlik davolanish uchun orderga ham yordam bermadi. Bor umidimiz ehsonli xalqimizdan»,- deydi onasi E'tiborxon opa.

Shu kungacha ehsonli kishilar yordami bilan ko‘plab umid ilinjidagi bemorlar shifo topdilar.

Ikki yarim yoshli Azamatjonga ham savob istagan insonlardan ko‘mak so‘raymiz. Bolajonning onasi-otasi bag‘rida o‘sib-ulg‘ayishi uchun hissa qo‘shaylik.

Umid qilamizki, ehsonli kishilar ushbu maqolamizni bee'tibor qoldirmaydilar.

Telefon: +998 93 645 29 47

Xatamjon Mamajonov (otasi) nomiga ochilgan karta:

Click/PayMe: 8600 0423 0992 5872(Agrobank)

MFO: 00517

INN: 200 123 466

Naqd pul to‘lovlari uchun: 2311 6000 3000 0051 7001

Pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘lovlar uchun: 2312 0000 8000 0051 7001

Elmurod Ermatov tayyorladi


Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!

Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.

Mavzuga oid