Fohishalik uchun jarima miqdori oshirildi
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini ta'minlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun prezident tomonidan imzolandi. Hujjat matni “Xalq so‘zi”da e'lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi:
190-modda (Fohishalik bilan shug‘ullanish):
birinchi qismining (Fohishalik bilan shug‘ullanish — eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi) sanksiyasidagi “bir baravaridan uch baravarigacha” degan so‘zlar “uch baravaridan yetti baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirildi;
ikkinchi qismining (Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi) sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etildi:
“eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi”.
Mavzuga oid
13:08 / 21.09.2024
Senat Xalqaro mehnat tashkiloti Konvensiyasini ratifikatsiya qildi
15:27 / 20.09.2024
Bolaga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
07:20 / 20.09.2024
Daraxtlarni kesish va qasddan quritish uchun jarimalar oshiriladi
22:21 / 18.09.2024