Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ixtisoslashtirilgan san'at va madaniyat maktablari pedagoglari ish haqiga ustamalar belgilandi
Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslashtirilgan san'at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2018 yil 3 fevraldagi PQ-3504-son qarori bilan san'at va madaniyat kollejlari bitiruvchilariga davlat namunasidagi diplom beriladigan ixtisoslashtirilgan san'at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarga aylantirilgan.
Belgilab qo‘yilishicha:
a) O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan san'at va madaniyat maktablari, maktab-internatlar pedagog va rahbar xodimlari mehnatiga haq to‘lash Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta'limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005 yil 21 dekabrdagi 275-son qaroriga muvofiq bazaviy tarif stavkalariga quyidagi miqdorlarda ustamalar qo‘llanilgan holda amalga oshiriladi:
20 foiz - o‘qituvchilarga, shuningdek, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda pedagog xodimlarga, shu jumladan, tarbiyachilar yordamchilariga chuqur o‘rganiladigan fanlar bo‘yicha amalda o‘tkazilgan darslar uchun;
20 foiz - ixtisoslashtirilgan san'at va madaniyat maktablarida o‘quv jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan direktorlar, ularning o‘rinbosarlari va psixologlarga;
40 foiz - ixtisoslashtirilgan san'at va madaniyat maktab-internatlarida o‘quv-tarbiya jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan direktorlar. ularning o‘rinbosarlariga;
b) Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta'lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 24 oktyabrdagi 868-son qarori O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi xamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan san'at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlar faoliyatiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Mavzuga oid
09:49 / 23.05.2025
Ayrim shifokorlarga qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi
11:01 / 22.05.2025
Tibbiyot menejerligi bo‘yicha sertifikatga ega ayrim rahbarlarga ustamalar to‘lanadi
18:21 / 09.04.2025
Noqulay sharoitlarda ishlovchi ayrim xodimlarga ustama to‘lanadi
23:47 / 26.02.2025