Jahon | 15:12 / 10.01.2019
13193
1 daqiqa o‘qiladi

Markaziy Afrikada Rossiya harbiy bazasi joylashtirilishi mumkin

Foto: AFP 2018 / Fred Dufour

Markaziy Afrika Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim MAR hududida Rossiya harbiy bazasini yaratish imkoniyatini nazarda tutadi. Bu haqda MAR mudofaa vaziri Mari Noel Koyyara RIA Novosti’ga bergan intervyusida ma'lum qildi.

MAR Mudofaa vazirligi rahbarining ta'kidlashicha, rossiyalik harbiy yo‘riqchilar ishlayotgan Berengodagi markaz «odamlar fikrida boshqacha tasavvur paydo qilayotgan bo‘lsa ham», Rossiya bazasi hisoblanmaydi.

Avgust oyida Rossiya va MAR o‘rtasida harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolangandi.

Undan bir necha hafta oldin MARda rossiyalik jurnalistlar Orxan Jamol, Aleksandr Rastorguyev va Kirill Radchenko o‘ldirilgandi. Ular MARda ishlashi taxmin qilinuvchi «Vagner» guruhidan bo‘lgan yollanma shaxslar to‘g‘risida hujjatli film suratga olish maqsadida respublikaga kelishgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid