Murojaat natijasi: Fermer sudda yutib chiqdi
Qishloq xo‘jaligi rivojiga bevosita fermerlarimizning mehnati, ularning ishlashiga keng erkinliklar berish orqali erishilishi tabiiy. Chinakam dehqon o‘z yerini doimo qadrlaydi. Unga xuddi tirik mavjudotdek munosabatda bo‘ladi.
Kun.uz saytida hokimiyatda hujjatlardagi chalkashliklardan aziyat chekayotgan fermer haqida noyabr oyida xabar berilgan edi.
Ushbu fermerning xabar berishiga ko‘ra, masala yuzasidan sud jarayoni bo‘lib o‘tgan va uning foydasiga qaror chiqarilgan.
Avval boshida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sabab noyabr oyi oxirida Qashqadaryo viloyat prokuraturasi tomonidan tuman hokimiyatiga protest keltirilgan va ish nazoratga olingan.
Shundan so‘ng, 2018 yil 30 iyulda qabul qilingan Dehqonobod tuman ma'muriy sudi chiqargan qarori yuzasidan 26 dekabr kuni kassatsiya tartibida sud majlisi o‘tkazilgan. Kassatsiya sudi qaroriga ko‘ra, 2018 yil 28 fevraldagi Qamashi tuman hokimiyatining X-296/02-sonli qarori haqiqiy emas deb topilgan.
Fermer sudda yutib chiqdi, biroq... Bu orada fermerga ko‘plab aziyat yetgan va ko‘plab yo‘qotishlarga uchragan. Shunga qaramay, murojaatchi qaytarib olgan yeriga ko‘plab rejalar tuzib qo‘ygan. U dastlab bu joyda broyler jo‘jalar yetishtirishni ko‘zlamoqda.
Mavzuga oid
21:20 / 19.11.2024
Qishloq xo‘jaligi kooperativlari haqidagi uzoq kutilgan qonun imzolandi. Sohada nima o‘zgaradi?
16:04 / 01.11.2024
Boyovut hokimi Dilfuza Uralova fermerni haqoratlab, IIBga uni qamab qo‘yishni buyurdi
10:38 / 13.10.2024
Farg‘onada kredit ajratish evaziga fermerdan pul olgan bank filiali menejeri aniqlandi
13:41 / 02.10.2024