Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bank milliy valuta qiymatining o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma'lumotni rad etdi
O‘zbekiston Markaziy bankidan Kun.uz’ga ma'lum qilishlaricha, milliy valutaning denominatsiyasi (pul qiymatini o‘zgartirish) yuz bermaydi. Avvalroq qator OAVda prezident Shavkat Mirziyoyev 100 000 so‘mlik yangi kupyurani valutaning keyinchalik denominatsiyasi bilan chop etish to‘g‘risida ko‘rsatma bergani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
Matbuot xizmatidan tasdiqlashlaricha, Markaziy bank yangi kupyurani muomalaga chiqarishni rejalashtirmoqda, biroq uning nominal qiymati hali o‘rnatilmagan.
«Ha, yangi banknotni chiqarish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Biroq, u qachon va qanday nominal qiymatda chiqarilishi hali ma'lum emas», - dedi suhbatdosh.
Shu bilan birga, so‘mning denominatsiyasi haqidagi ma'lumot tasdiqlanmadi.
O‘zbekiston Markaziy banki oxirgi marta 2017 yil avgustida yangi banknotni muomalaga chiqardi. O‘shanda bu 50 000 so‘mlik kupyura edi.
Mavzuga oid
17:27 / 16.05.2025
O‘zbekistonliklar go‘sht, sut va yonilg‘i narxlari oshishini ko‘proq sezishyapti
10:11 / 04.05.2025
Muddatli to‘lov bozorini tartibga solish boshlanadi
20:43 / 30.04.2025
Kartadan kartaga katta miqdorda pul o‘tkazishda qo‘shimcha himoya choralari kiritiladi
22:31 / 28.04.2025