Jahon | 20:45 / 11.01.2019
11766
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy qurilmasining Oyga qo‘nishi videosi e'lon qilindi 

Xitoy milliy koinot boshqarmasi “Chan'e-4” avtomatik sayyoralararo stansiyasining Oyning orqa tomoniga qo‘nishi videosini e'lon qildi. 

Videoda qo‘nishning asosiy bosqichlari: orbitadan chiqish uchun tormozlash, qo‘nish vaqtida manyovrlar bajarish, qo‘nish joyi ustida muallaq turish va qo‘nish tasvirlangan. 

“Chan'e-4” qurilmasi fazoga 2018 yil 7 dekabrda Changzheng 3B raketasi yordamida olib chiqilgan. 12 dekabrda qurilma Oy atrofidagi orbitaga chiqib, 3 yanvarda unga qo‘nishni amalga oshirgan. Qurilmaning qo‘nish joyi sifatida Oyning janubiy qutbi yaqinidagi Fon Karman kraterining janubiy qismi tanlangan. 

Mavzuga oid