Sport | 23:20 / 13.01.2019
25718
2 daqiqa o‘qiladi

Turkmaniston termasi bosh murabbiyi: «O‘zbekiston terma jamoasini tabriklayman»

Foto: KUN.UZ

Osiyo Kubogi guruh bosqichining 2-turidagi Turkmaniston–O‘zbekiston uchrashuvidan (0:4) keyingi matbuot anjumanida dastlab Turkmaniston termasi bosh murabbiyi Yazguli Xo‘jageldiyev ishtirok etdi.

– O‘zbekistondan shunday o‘yin kutganmidingiz?
– Afsuski, O‘zbekiston termasini tabriklashdan boshqa ilojim yo‘q.

– Jamoa Yaponiyaga qarshi munosib o‘ynab, ikkita gol urgan edi. Bir necha kun ichida nima bo‘ldiki, jamoa o‘yini bunday salbiy tomonga o‘zgardi?
– Afsusdaman, ammo bu savolga javob berishim qiyin.

– Jamoangizdagi deyarli barcha futbolchilar - bitta klub («Oltin asr») vakillari. Termadagi raqobat haqida nima deya olasiz?
– Hammasi emas, boshqa klublardan ham futbolchilarimiz bor.

– Ektor Kuper himoyaviy uslubda o‘ynashi kutilgan edi, uning o‘yin uslubi aslida sizningcha qanday bo‘lib chiqmoqda? Guruhdan chiqa olishingizga ishonasizmi?
– Albatta, pley-offga chiqish imkonimiz bor. (Birinchi savol javobsiz qoldirildi)

Turkmaniston terma jamoasi o‘tkazib yuborilgan gollar sonining ko‘pligi hisobiga (ikki o‘yinda 7ta) eng yaxshi uchinchi o‘rin egalaridan biri sifatida keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini kamaytirib yubordi. Jamoa 3-turni 17 yanvar, payshanba kuni Ummon termasiga qarshi o‘tkazadi.

Mavzuga oid