Xitoyda ko‘mir koni o‘pirilishi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi

Foto: AP
Xitoyning Shensi viloyatidagi ko‘mir koni o‘pirilishi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.
Voqea 12 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 18.00 atrofida “Baytszi” konida yuz bergan.
Shensi shahri ma'muriyati saytida joylashtirilgan bayonotga ko‘ra, falokat vaqtida yer ostida 87 konchi bo‘lgan, ulardan 66 nafari sirtga chiqa olgan, 21 nafari halok bo‘lgan.
Kon o‘pirilishi sababi noma'lum, voqea tafsilotlarini o‘rnatish uchun tergov olib borilmoqda.
Mavzuga oid

19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi

18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi

17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT

13:15 / 26.05.2025