Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qush parvozi balandligidan fotoreportaj: Andijonda Vatan himoyachilari kuni
Andijonda 14 yanvar - O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 27 yilligi va Vatan himoyachilari kuni o‘zgacha ruhda nishonlandi. Sana munosabati bilan barcha tuman va shaharlarda bayram tantanalari tashkil etildi.
Viloyat markazi Andijon shahrida bo‘lib o‘tgan tadbirlarda 40 ming nafardan ziyod kishi ishtirok etdi.
Shahar markazidagi - Sharof Rashidov, Amir Temur va Alisher Navoiy ko‘chalari bo‘ylab Andijon harbiy garnizoni qoshidagi qismlar bo‘linmalari, Ichki ishlar, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, «Vatanparvar» tashkiloti xodimlari, viloyatda faoliyat yurituvchi korxona va tashkilotlar vakillari tomonidan tantanali parad tashkil etildi.
Viloyat hokimligi binosi oldidagi maydonda ko‘rgazmali chiqishlar namoyish qilindi.
Istirohat bog‘ida esa yoshlar harbiy texnika vositalari bilan tanishishdi.
Kun.uz muxbiri mazkur tantanalarning qush parvozi balandligidan olingan ko‘rinishlarini taqdim qiladi.
















Elmurod Ermatov, Andijon
Kun.uz muxbiri
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
07:50 / 24.05.2025