Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAda Osiyo kubogi o‘yinlarini TV orqali ko‘rishda muammolar yuzaga kelmoqda - ekspert fikri
Ushbu Osiyo kubogi O‘zbekistondan eng ko‘p muxlislar tashrifi bilan ham yodda qolmoqda. Lekin ularning aksariyati Amirliklarda bo‘la turib, mahalliy TV orqali Osiyo kubogi o‘yinlarini tomosha qilish baxtidan mosuvo.
Yaqin sharq davlatlarida ishlagan taniqli hamyurtimiz, jurnalist va futbol funksioneri Alisher Nikimbayev o‘z Telegram kanalida bunga tushuntirish berib o‘tdi.
“Aslida, bu katta yangilik emas. Bu mintaqada OFK va FIFAning barcha musobaqalari uchun televizion huquqlar BeInSport kanaliga tegishli va u o‘z huquqini tekinga hech kim bilan bo‘lishmoqchi emas. Bu tabiiy. Kanal o‘zi pul ishlamoqchi. Masalan, Qatarda ham turnirning barcha o‘yinlari translatsiya qilinadigan alohida kanalga obuna bo‘lish 91 riyol (roppa rosa 25 dollar) turadi. Bu turnirga bir martalik, ya'ni bir oyga obuna bo‘lish bahosi.
JCh-2018 matchlarini translatsiya qilgan kanalga obuna 100 dollar, YeVRO-2016 niki esa 80 dollar atrofida bo‘lgan.
Umuman, BeInSportʼning 20 ta sport kanallaridan faqat 3 tasinigina barcha ko‘rishi mumkin. Hattoki UYeFA Chempionlar ligasi va Yevropaning yetakchi ligalari o‘yinlarini ham bu mintaqada tekinga ko‘rib bo‘lmaydi. BeInSport obunasi talab etiladi. Boz ustiga, Yaqin Sharqning boshqa davlatlaridagi umumiy tekin kanallarda ham bu translatsiyalarni qonuniy ko‘rishning imkoni yo‘q. Aytaylik, agar Match-TV APL o‘yinini (mening Kartina-TV obunam kanallari ichida u bor) translatsiya qilayotgan bo‘lsa, biz o‘yin o‘rniga qora ekranni ko‘ramiz. Shu sababli Match-TVsi bor paketlar va BeInSport o‘rtasida tanlashga to‘g‘ri keladi.
Joriy siyosiy inqiroz sharoitida BeInSportʼga nisbatan BAA va Saudiya Arabistonidagi cheklovlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, bunday muammoning borligi haqiqat. U OFK Chempionlar ligasi va JCh saralash o‘yinlarida jurnalistlarning ishini tashkil qilishga ham, yangi obunachilarni rasmiylashtirishga ham taalluqli.
Qayd etib o‘tish joizki, OFK Osiyo kubogining joriy turnirida kanal jurnalistlarining ishi bilan bog‘liq muammolarning barchasini bartaraf etishning uddasidan chiqishdi. Ularga stadionlarda muammo tug‘dirilmayapti. Hattoki mahalliy tashkiliy qo‘mita rahbarlaridan biri jonli efirda intervyu berishdan ham o‘zini olib qochmadi. Siyosiy inqiroz endi avj olayotgan pallalarda BAA va Saudiya Arabistoni klublari ko‘p minglik jarimalarga qaramasdan, BeInSportʼga intervyu berishni taqiqlab qo‘yishgan edi.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
03:00 / 08.05.2025