Jahon | 22:31 / 15.01.2019
7235
1 daqiqa o‘qiladi

Keniya poytaxtidagi mehmonxona jangarilar hujumiga uchradi, qurbonlar bor

Foto: FreeImages.com Content License

Keniya poytaxti Nayrobidagi DusitD2 mehmonxona-ofis majmuasiga “Ash-Shabob” guruhi jangarilari hujum uyushtirdi. Majmuada mehmonxona, banklar filiallari va ofislar joylashgan.

Jangarilar mehmonxonada ikkita portlashni amalga oshirib, so‘ngra otishma boshlagan. Buning oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan. Hujum mehmonxona oldida turgan avtomobilni masofadan portlatish bilan boshlangan, so‘ngra jangarilar majmua ichkarisiga bostirib kirishgan.

Bundan tashqari, jangarilar bir necha kishini asirga olgan. Guvohlardan birining aytishicha, jangarilar bronejiletlarda bo‘lgan.   

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid