Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo Kubogi. B guruhida oxirgi tur intrigalari
Bugun, 15 yanvar kuni Osiyo Kubogining guruh bosqichida 3-tur uchrashuvlari davom etadi.
B guruhida yana ikki uchrashuv o‘tkaziladi va keyingi bosqichning navbatdagi ishtirokchilari ma'lum bo‘ladi.
Birinchi turni sensatsion ravishda Iordaniyaga mag‘lub bo‘lish bilan boshlagan va guruh peshqadamligi uchun imkoniyatlarini yo‘qotgan Avstraliya bu turda Suriyaga qarshi bahs olib boradi. Muddatidan avval guruhda birinchi o‘rinni egallab bo‘lgan Iordaniya esa Falastinga qarshi o‘zi uchun natijasi ahamiyatsiz o‘yinni o‘tkazadi.
Bugungi o‘yinda Avstraliyani durang natija ham qoniqtirishi mumkin, Suriyaga esa keyingi bosqichga chiqish uchun faqat g‘alaba kerak. Falastinda ham keyingi bosqich uchun kichik bo‘lsa-da imkoniyat saqlanib qolgan, buning uchun Iordaniyaga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonish talab etiladi.
Ikki o‘yin ham bir vaqtda, Toshkent vaqti bilan soat 18:30da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, quyidagi jamoalar muddatidan oldin pley-offga chiqdi: BAA, Iordaniya, Xitoy, Janubiy Koreya, Eron, Iroq, Qatar, Saudiya Arabistoni, O‘zbekiston, Yaponiya, Tailand va Bahrayn.
Mavzuga oid
23:20 / 25.05.2025
Malta iyun oyida Falastin mustaqilligini tan oladi
17:55 / 21.05.2025
G‘arbning asosiy davlatlari Falastinni tan olmoqchi. Bu nimani o‘zgartiradi?
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
22:36 / 17.05.2025