Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev 20 yanvar kuni Germaniyaga boradi. Tashrif doirasida Angela Merkel bilan uchrashuv o‘tkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 20-22 yanvar kunlari rasmiy tashrif bilan Germaniya Federativ Respublikasida bo‘ladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Germaniya poytaxti Berlin shahrida Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayyer, Federal kansler Angela Merkel va Bundestag Raisi Volfgang Shoyble bilan muzokaralar o‘tkaziladi.
Kun tartibidan siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish, madaniy-gumanitar, fan-ta'lim va turizm sohalaridagi aloqalarni faollashtirish kabi masalalar o‘rin olgan.
Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashiladi.
Myunxen shahrida O‘zbekiston prezidentining Bavariya bosh vaziri Markus Zyoder, shuningdek, Germaniyaning yetakchi ishbilarmon va moliyaviy doiralari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Tashrif doirasida iqtisodiyot, moliya, investitsiya, innovatsiya, ilm-fan, texnika, ta'lim va madaniyat sohalarida hamkorlikka oid ikki tomonlama qator hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining taklifiga binoan «Jo‘shqin Gujarat – 2019» IX xalqaro investitsiya sammitida ishtirok etish uchun 2019 yil 17-18 yanvar kunlari ushbu mamlakatda amaliy tashrif bilan bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:51 / 21.04.2025
Italiya bosh vaziri Jorjia Meloni O‘zbekistonga tashrif buyuradi
21:54 / 03.03.2025
Gurjiston bosh vaziri rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi
12:12 / 09.05.2024
Mo‘g‘uliston prezidenti O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi
11:22 / 02.05.2024