O‘zbekiston | 18:00 / 15.01.2019
53723
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent tumaniga yangi hokim tayinlandi

15 yanvar kuni Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. 

G‘ulomjon Ibragimov
Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Sessiyada Toshkent viloyati hokimi G‘ulomjon Ibragimov ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.

Toshkent viloyati hokimining tavsiyasiga binoan Akbar Asqarovich Sulaymonov Toshkent tumani hokimi vazifasiga tayinlandi.

Akbar Sulaymonov 
Foto: Toshkent viloyati hokimligi

U bu lavozimda 2017 yilning iyul oyi oxiridan 2018 yilning dekabr oyi oxirigacha ishlagan, keyin Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari sifatida tayinlangan Hotambek Anvarovich Shakirov o‘rnida ish boshlaydi.

Toshkent tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Qahramon Qobiljanovich Abilov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Toshkent tumani hokimining birinchi o‘rinbosari vazifasidan ozod etildi. 

O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Fayzulla Bo‘riyevich Mamanov Toshkent tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasiga tayinlandi.

Fayzulla Bo‘riyevich Mamanov
Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Eslatib o‘tamiz, 2017 yil yozida Zangiota tumani hududi kengayib ketishi ortidan uni boshqarish qiyinlashgani tufayli, undan Toshkent tumani ajratib olingandi. Toshkent tumani 2010 yili Oliy Majlis Senati qarori bilan Zangiota tumaniga qo‘shib yuborilgandi.

Mavzuga oid