Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Endi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ham bank siri bo‘lgan ma'lumotlarni olishga haqli
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Iqtisodiy jinoyatlarga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustda qabul qilingan “Bank siri to‘g‘risida”gi 530–II-sonli Qonunining 8-moddasiga (Bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarni taqdim etish) quyidagi o‘zgartishlar kiritildi:
ikkinchi qismidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirildi;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi:
“O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarni, agar bu ma'lumotlar ularning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi uchun zarur bo‘lsa, olishga haqlidir”.
Mavzuga oid
13:53 / 07.05.2025
BAA dunyoda birinchi bo‘lib qonunlarni yozishda sun’iy intellektdan foydalanmoqchi
17:14 / 19.04.2025
Deputatlar sun’iy intellektda yaratilgan noqonuniy kontent uchun jazoga izoh berdi
20:06 / 14.04.2025
Qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati kengaytirildi
09:52 / 21.02.2025