Hondurasdan AQShga yana bir muhojirlar karvoni yo‘l oldi
Hondurasdan AQSh tomon yana bir muhojirlar karvoni yo‘l oldi. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, karvondagi odamlar soni 700 kishidan 1000 kishigachani tashkil qilmoqda.
San-Pedrodan AQSh tomon birinchi karvon oktabr o‘rtalarida yo‘lga chiqqandi. Unda dastlab 2 ming kishi bo‘lgan. Keyin shunday karvonlar Salvador va Gvatemaladan ham yo‘lga chiqqan. Barcha uch karvon Meksika va AQSh chegarasigacha borishga muvaffaq bo‘lgan.
“Hondurasdan yangi katta karvon janubiy chegaralarimiz tomon yo‘l olayapti. Nensi (AQSh kongressi quyi palatasi spikeri Nensi Pelosi) va Chakka (Demokratik partiyaning senatdagi yetakchisi Chak Shumer) ayting, karvon atrofida aylanayotgan dron ularni to‘xtata olmaydi. Bunda faqatgina devor ish beradi. Faqatgina devor yoki po‘lat panjara davlatimizni xavfsizlikda saqlaydi. Siyosiy o‘yinlarni bas qiling va shatdaunni to‘xtating”, deb yozgan AQSh prezidenti Donald Tramp.
Tramp va Demokratik partiya o‘rtasida janubiy chegarada xavfsizlik choralarini moliyalashtirish borasidagi kelishmovchiliklar sababli AQShda 22 dekabrdan beri bir qator davlat idoralari qisqartirilgan tartibda ishlamoqda. Tramp shunday yo‘l bilan Meksikada devor qurilishiga erishmoqchi.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024