Jahon | 23:41 / 16.01.2019
66578
1 daqiqa o‘qiladi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi jonsiz holda topildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 4-bosqich talabasi M.Sh. 15 yanvar kuni jonsiz holda topilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. 

Xabar qilinishicha, uning jasadi 15 yanvar kuni ertalab soat 7:50 larda Yunusobod tumani, 12-dahada joylashgan piyodalar yo‘lagidagi daraxtda arqonga osilgan holatda topilgan.

Voqea joyiga yetib kelgan tezkor-tergov guruhi xodimlari tomonidan jasad ko‘zdan kechirilganda, uning tanasida biror-bir tashqi tan jarohati izlari topilmagan.

Sudga oid tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, M.Sh.ning o‘limi «bo‘yin a'zolarini sirtmoq bilan siqilishidan kelib chiqqan mexanik asfiksiya. Bo‘ynida strangulyatsion egat» natijasida yuzaga kelganligi aniqlangan.

Mazkur holat bo‘yicha Yunusobod tuman prokuraturasida tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tekshiruvning borishi Bosh prokuratura tomonidan alohida nazoratga olingan.

Mavzuga oid