Sport | 08:55 / 17.01.2019
35873
2 daqiqa o‘qiladi

Krishtianu Ronaldu qirg‘izistonlik bemor qizni yo‘qladi

Foto: facebook/damira.bayzakova

Turinning “Yuventus”ida to‘p surayotgan Krishtianu Ronaldu, uning rafiqasi Jorjina Rodriges hamda jamoadoshlari Paolo Dibala va Xuan Kuadrado Turindagi onkologik markazda davolanayotgan qirg‘izistonlik kichik qizni yo‘qlashdi. Bu haqda Bishkekdagi onkologiya markazining bolalar bo‘limi shifokori Damira Bayzakova Facebook’da ma'lum qildi. 

Foto:  facebook/damira.bayzakova
Foto:  facebook/damira.bayzakova
Foto:  facebook/damira.bayzakova

“Bu qirg‘izistonlik kichik qizcha. Afsuski, unda suyak sarkomasi bor. Davolashning eng murakkab bosqichlari ortda qoldi. U bizda kimyoterapiya oldi, so‘ngra Turinga keyingi davolanish va operatsiya uchun jo‘natildi. Yaratganga shukrki, operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi”, deb yozgan shifokor.

Turindagi shu markazda Nurfozil ismli qirg‘izistonlik yana bir yigit ham davolanmoqda. Uni Turin politsiyachilari yo‘qlab, sovg‘alar bilan xursand qilishgan.

Foto:  facebook/damira.bayzakova

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid