Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mendeleyev jadvalining eng qadimgi nusxasi topildi
Shotlandiyaning Sent-Endryu universitetida topilgan kimyoviy elementlar davriy jadvali dunyodagi eng qadimgisi bo‘lib chiqdi. Bu haqda Phys.org portali xabar berdi.
Uni yig‘ishtirish ishlari vaqtida doktor Alan Aytken aniqlagan. Jadval omborda laboratoriya qurilmalari bilan birga yotgan.
Mutaxassislar xalqaro guruhi topilgan jadval 1885 yil bilan sanalanishini tasdiqlashgan. Jadvalning o‘zi Dmitriy Mendeleyev tomonidan 1869 yilda yaratilgan. Topilgan jadvalda u Venadagi bosmaxonalardan birida chop etilgani ko‘rsatilgan.
Ta'kidlanishicha, jadvalda 1875 va 1880 yillarda ochilgan galliy va skandiy moddalari bor, biroq unda germaniy (1886 yilda ochilgan) moddasi yo‘q.
Mavzuga oid
10:53 / 30.03.2025
Olimlar hech qanday tirik jonzotga o‘xshamaydigan organizmni topishdi
11:05 / 11.01.2025
Uzoq Shotlandiya orolini boshqaradigan “menejer” qidirilmoqda. Hududda odamlar yo‘q, faqat dengiz qushlari bor
22:19 / 09.11.2024
Shotlandiyadagi mayoq devoridan 132 yil oldin yozilgan maktub topildi
11:37 / 17.08.2024